4 oktyabr kuni Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir bo`ldi. Bu haqda "O`ztransgaz" matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, soat 13.00 da aniqlangan favqulodda holatni bartaraf etish uchun stansiya faoliyatini vaqtincha to`xtatish zarurati paydo bo`ldi. "O`ztransgaz" AJ Markaziy dispetcherlik departamenti bilan maslahatlashilgan holda Toshkent-1 stansiyas orqali tabiy gaz bilan ta`minlanadigan iste`molchilarga telefonogramma yuborildi. Ularning roziligi bilan quvurni ta`mirlash uchun 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi ko`rildi.
Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida bo`lib turibdi.
Bugun ertalab soat 08:10 dan boshlangan ta`mirlash ishlari davom etmoqda. Ta`mir ishlarini bugun soat 23:00 ga qadar yakunlash ko`zda tutilgan.
Ta`mirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmog`iga ulanadi.
Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida bo`lib turibdi.