1

Ukraina armiyasini G`arb davlatlaridan ko`ra Rossiya ko`proq qurol-yarog` bilan ta`minlamoqda — WSJ

Dunyo 06.10.2022, 13:48
Ukraina armiyasini G`arb davlatlaridan ko`ra Rossiya ko`proq qurol-yarog` bilan ta`minlamoqda — WSJ

Rossiya armiyasi jang maydoniga va chekinish vaqtida G`arb davlatlarining butun urush davomida Ukrainaga o`tkazganidan ko`ra ko`proq harbiy texnika va qurollarni tashlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal ochiq ma`lumotlar tahlilchilari va harbiy amaldorlarga tayanib xabar bermoqda, deya yozdi "meduza".

Oryx tahliliy loyihasiga ko`ra, Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning 460 ta tankini (G`arb davlatlari tomonidan 320 tasi), 92 ta o`ziyurar qurollari, 448 ta piyodalar jangovar mashinalari (210 tasi G`arbdan), 195 ta zirhli jangovar mashinalari (G`arbdan 40 tasi) va 44 ta raketa tizimi (70 ta g`arbiy)ni qo`lga kiritgan. WSJ ushbu ma`lumotlar ochiq manbalardan to`planganiga e`tibor qaratib, qo`lga olingan transport vositalarining haqiqiy soni ko`proq bo`lishi mumkinligini bildirgan. 

Shu bilan birga, Oryx tahlilchisi Yakub Yanovskiyning ta`kidlashicha, Rossiya tomonidan qo`lga kiritilgan qurollarning faqat bir qismidan foydalanish mumkin: "Ular qo`lga kiritgan narsa - bu juda samarali ishlatilishi mumkin bo`lgan zamonaviy jihozlarning aralashmasi va muzeylarda saqlanishi kerak bo`lgan narsa." Biroq, WSJ ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi oylarda Ukraina Qurolli kuchlari T-90 tanklari va BTR-82 bronetransportyorlari kabi eng zamonaviy rus qurollari namunalarini olishga muvaffaq bo`ldi.

Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Oleksiy Danilovning aytishicha, ko`pincha yirik texnikalar logistika qo`mondonligi orqali tarqatiladi, engil qurol va o`q-dorilar esa ularni qo`lga olgan bo`linmalarda qoladi. Ammo Karpat Sich bataloni o`ziyurar qurollarni boshqa bo`linmalarga topshirib, ekipajlar topilgan tanklarni saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi. Endi tanklar batalonga biriktirilgan va muntazam ravishda o`q-dorilar va yoqilg`i bilan ta`minlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1