1

Rossiyaning Volgograd shahrida 17 nafar o`zbekistonlik hujjatsiz va maoshsiz qolgani aniqlandi

Dunyo 06.10.2022, 14:26
Rossiyaning Volgograd shahrida 17 nafar o`zbekistonlik hujjatsiz va maoshsiz qolgani aniqlandi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakilligiga 17 nafar yurtdoshimiz ish beruvchidan hujjatlari va ish haqlarini qaytarishda yordam so`rab murojaat qilgan.

Murojaatni o`rganish davomida ish beruvchi muzokara o`tkazishdan bosh tortdi. Shundan so`ng bu haqda Rossiya Federasiyasining Volgograddagi huquq-tartibot idoralariga xabar qilinib, bayonnomalar tuzildi.

Ma`lumot va ko`rsatmalar tuman milisiyasiga topshirilgandan keyin ish beruvchi fuqarolarga pasportlarini qaytarib berdi.

Fuqarolarning 425 ming rubl miqdoridagi ish haqini undirish uchun Rossiya Federasiyasi tergov qo`mitasiga murojaat qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1