AsosiyJamiyat

Toshkentda tibbiy yordamga muhtoj bemorga xizmat ko`rsatishdan bosh tortgan shifokorlarga hayfsan berildi

'Toshkentda tibbiy yordamga muhtoj bemorga xizmat ko`rsatishdan bosh tortgan shifokorlarga hayfsan berildi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakiliga (Ombudsmanga) 4-son shahar klinik shifoxonasining shifokorlarining xatti-harakatlaridan norozi bo`lgan fuqaro murojaati kelib tushdi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati xabar berdi.

Murojaatchining yozishicha, uning onasi avtohalokatga uchrab, I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifoxonada birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib Respublika neyroxirurgiya markaziga tibbiy tekshiruv o`tqazilishi va muolajalar tayinlanishi uchun yuborilgan. Oradan 3 kun o`tgach, nafaqada bo`lgan bemorning ahvoli og`irlashib, og`riq kuchaygan. Bemorning yana o`sha shifoxonaga olib borishganida uning ahvoli og`ir bo`lishiga qaramay qabul qilinmagan.

Bemor qizining ma`lum qilishicha, bemor travmatolog va xirurg orasida “meni kasalim emas” degan vaj bilan sarson qilingan, shifoxona hamshirasi esa ular bilan qo`pol muomalada bo`lib, bemorni tashqariga chiqarib yuborgan.

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holatni o`rganish va tegishli choralar ko`rilishi bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligiga murojaat yuborildi.

Vazirlikning javob xatida bayon etilishicha bemorga 4-son ShKSh tibbiyot xodimlari tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordam amaldagi standartlar asosida ko`rsatilgan, lekin rentgen tekshiruvida qovurg`alardagi darz ketish jarohati mutaxassis tomonidan aniqlanmasdan xatolikka yo`l qo`yilgan. Hamshiraning qo`pol muomalada bo`lganligi ham o`z isbotini topgan.

Shu munosabat bilan, xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan 4 nafar tibbiyot xodimlariga 4-son ShKSh ma`muriyati tomonidan Hayfsan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar