1

“Ummon” guruhining sobiq a`zosi Jasur ham dardga chalingani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 07.10.2022, 09:28
Teglar: Ummon
“Ummon” guruhining sobiq a`zosi Jasur ham dardga chalingani ma`lum bo`ldi

"Ummon" guruhining sobiq a`zolaridan biri Jasur Rafiqov ham kasal ekani xabar qilindi. Bu haqda guruhning sobiq a`zosi Shoxruh o`zining instagram sahifasida post qoldirgan. 

"Har kuni birga edik, birga ulg`aydik, ne-ne yaxshi va yomon kunlarni birga o`tkazdik. Kunlar kelib hammamiz o`z yo`limizdan ketdik. Do`stim, sizlarning borligingiz men uchun juda muhim ekanini bildim. Bugun butun xalqimizdan iltimos qilib qolaman: o`sha siz bilgan Zohid va Jasurni duo qilishlarini. Allohim, barchasini o`zing oson qil, Jasurning ham dardiga shifo ber..." deb yozib qoldirgan Shoxruh. 

Eslatib o`tamiz, Toshkentda 29 sentyabr kuni xonanda Zohid boshqaruvida bo`lgan BMW dahshatli avariyaga uchradi. Hodisa sabab bir inson voqea joyida halok bo`lib, 3 nafar odam, jumladan Zohidning o`zi ham og`ir ahvolda shifoxonaga tushgan. Ayni paytda uning salomatligi haqida aniq ma`lumot yo`q. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1