AsosiyJinoyat

Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan korxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 4 oktyabr kuni Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, Chirchiq shahrida joylashgan «Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati korxonasi ishlab chiqarish sexining sintez kolonnasida portlash sodir bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

Chirchiqdagi zavodda sodir bo`lgan portlash bo`yicha bosh vazir o`rinbosari rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.  

 Chirchiq shahridagi shifoxonada, portlashi oqibatida jarohatlangan xodimlar ahvoli ma`lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar