Janubiy Koreya Shimoliy Koreya sharqiy qirg`oq tomon ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi.
Raketalar Yapon dengizi tomon uchirilgan, ammo uning qulagan joyi aniqlanmagan. Sohil qo`riqlash xizmati ehtimoliy zarba zonasida joylashgan yapon kemalarini raketa qoldiqlari topilsa, ularga yaqinlashmaslik va zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilish haqida ogohlantirdi.
Bu KXDRning so`nggi ikki hafta ichida ettinchi shunday sinovidir. Raketaning o`ziga xos turi va boshqa tafsilotlar hozircha aniqlanmoqda.
Juma kuni Janubiy Koreya va Qo`shma Shtatlar Yaponiya bilan qo`shma uch tomonlama mashg`ulotlar oldidan AQShning USS Ronald Reagan samolyot tashuvchi kemasi ishtirokida ikki kunlik qo`shma dengiz mashqlarini yakunladi.
2022 yil 25 sentyabridan beri Shimoliy Koreya Yaponiya tomon oltita raketa uchirdi.





