AsosiyDunyo

Qrim ko`prigidagi portlash Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan — The New York Times

'Qrim ko`prigidagi portlash Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan — The New York Times'ning rasmi

Qrim ko`prigidagi portlash Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Bu haqda The New York Times yozadi

Aytilishicha, bu haqda jurnalistlarga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ukrainalik yuqori martabali amaldor ma`lum qiligan. U maxsus xizmatlar ko`prik ustida ketayotgan yuk mashinasiga bomba qo`yganini tasdiqlagan.

Ammo Ukraina rasmiylari ham, maxsus xizmatlari ham Qrim ko`prigidagi portlash uchun javobgarlikni bevosita o`z zimmasiga olmagan.

"Shanba kungi portlash Qrim yarim orolini Rossiya bilan bog`laydigan yagona ko`prikning ikki qismini jiddiy shkastladi, bu esa Ukraina janubida jang qilayotgan rus qo`shinlari uchun eng muhim ta`minot liniyasini buzdi va jang maydonida doimiy yo`qotishlarga duch kelayotgan Kremlga sharmandali zarba berdi",  — deyilgan xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar