Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Litvaning xalqaro yuk tashuvchi transport kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan CE toifadagi haydovchilar ishga taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
- oylik ish haqi - 2100 - 2550 € (netto, soliq ushlanmalari hisoblaganda);
- tibbiy sug`urta va turar joy xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
-Transport, o`qish va ovqat xarajatlari ishchi hisobidan.
Nomzodlar uchun talablar:
- 25-55 yoshgacha bo`lgan erkaklar;
- xorijda kamida 1 yillik tirkamali yuk mashinalarini haydash tajribasi;
- rus tilida erkin gapirish (ingliz tilini bilishi qo`shimcha ustunlik beradi);
- sudlanmagan bo`lishi.
Nomzodlar 2022 yil 10 oktyabr soat 18:00 ga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin.
Ro`yxat o`tish va qo`shimcha ma`lumot uchun
09.10.2022 15:02
Litva CE toifadagi haydovchilarni ishga taklif etmoqda






