AsosiyJamiyat

DXX akademiyasida bakalavriatda ta`lim olishni istovchilar diqqatiga: ro`yxatdan o`tish boshlandi (video)

'DXX akademiyasida bakalavriatda ta`lim olishni istovchilar diqqatiga: ro`yxatdan o`tish boshlandi (video)'ning rasmi

Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2023/2024 o`quv yilida Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga nomzodlarni saralab olish bo`yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish boshlandi.

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tagan va/yoki o`tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo`lgan  umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog`lig`ining holatiga ko`ra yaroqli deb topilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar ro`yxatdan o`tishlari mumkin, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar