Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo`li ichida joylashgan barcha ko`chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to`g`risida qaror qabul qildi.
Ayrim ko`chalarda trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklanadi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo`li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko`chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo`li kiradi.
Modomiki, ushbu chora o`z samarasini bersa, kelajakda shahardagi barcha ko`chalarda tezlik pasaytiriladi.






