Prezident tomonidan 6 oktyabr kuni imzolangan qarorga ko`ra, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirish uchun 150 million so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Mazkur kreditlar yillik 14 foiz (shundan 3 foizi bank marjasi) miqdorida 6 oygacha imtiyozli davr bilan belgilanib, 12 oygacha beriladi.
O`z navbatida, ajratiladigan kredit mablag`larining 50 foizigacha bo`lgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi.
Shuningdek, qaror bilan O`zbekistonda 2022-2023 yillarda oziq-ovqat mahsulotlari etishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga etkazish belgilandi.
Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish uchun mo`ljallangan erlarga ekinlarni joylashtirish Bog`dorchilik agentligi tomonidan belgilab beriladi.