AsosiyJamiyat

Surxondaryoda elektr jihozlari uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilindi

'Surxondaryoda elektr jihozlari uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilindi'ning rasmi

Termiz shahrida elektr jihozlari uchun ajratilgan mablag`larni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari “P.E.” va “L.G.” MChJ mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, 22 turdagi elektr jihozlar va 3 turdagi dekorativ shakllarni sotib olish uchun ajratilgan 381,3 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar