AsosiyJamiyat

O`zbekistonda murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning malakasi oshiriladi

'O`zbekistonda murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning malakasi oshiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan (582-son, 07.10.2022 y.) “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to`g`risidagi” nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va o`qitishning asosiy vazifalaridan biri, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko`nikmalarini o`rgatish hisoblanadi.

Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Xodimlar malakasini oshirish bilan bog`liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning hisobidan qoplanadi.

Malaka oshirish kursida o`qitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.

Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:  

  • ️ta`lim muassasasi va uning filiallarida o`qitish;  
  • ️xodimlarning ish joyida o`qitish;  
  • ️masofaviy ta`lim orqali o`qitish.

Malaka oshirish kurslari o`quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) bo`yicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar