Moskvada safarbarlik yakunlandi. "Sputnikuzbek" xizmati bu haqda Moskava meri Sergey Sobyanin e`lon qilganini ma`lum qildi.
Moskva harbiy komissariga ko`ra, prezident farmoni va Mudofaa vazirligi topshirig`i bilan belgilangan qisman safarbarlik bo`yicha topshiriqlar to`liq bajarilgan.
Safarbar qilinganlarni qabul qilish punktlari 17 oktyabr kuni soat 14.00 da yopiladi. Yuborilgan chaqiruv qog`ozlari o`z kuchini yo`qotadi.






