Hodisa joriy yilning 19 oktyabr kuni taxminan soat 09:30 larda Olot tumani “Davlatboy” mahallasida sodir bo`lgan.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilishicha, shu mahallada yashovchi fuqaro turmush o`rtog`i bilan Buxoro shahriga borish maqsadida qo`shnisining “Neksiya-3” avtomashinani gaplashadi. Er-xotin mashina orqa o`rindig`iga o`tirayotgan vaqtida, avtomashina egasi tomonidan orqa o`rindiqda qoldirilgan “TOZ-20” rusumli 20 kalibrli o`qotar ov quroli o`z-o`zidan otilib ketadi. Natijada ayolning ikkala oyoqlari boldir suyaklarini ochiq maydalanib sinishiga sabab bo`lgan.
Qurol haydovchi nomiga rasmiylashtirilgan bo`lib, uni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmagan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasai Jinoyat Kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






