AsosiyJamiyat

"Topshiriq berilsa, hammasini tekshirishga haqqimiz bor. Topshirni kim tomonidan berilishini yaxshi bilasiz!"

'"Topshiriq berilsa, hammasini tekshirishga haqqimiz bor.  Topshirni kim tomonidan berilishini yaxshi bilasiz!"'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hisob palatasi raisi va spiker Akmal Saidov gap talashib qoldi (video)

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ham ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi. 

Unda deputatlar tomonidan:  "Belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg`armalar ham Palata tomonidan tekshiriladimi",- degan savol berildi.  

Hisob palatasi raisi o`rinbosari O`tkir Jumanov: "Biz byudjet mablag`lari ajratilgan jamg`armalarni tekshiramiz, agar topshiriq bo`lsa, hammasini tekshirishga haqqimiz bor. Topshirni kim berilishini yaxshi bilasiz!",- deya javob berdi.  

Bu javobga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari Akmal Saidov keskin norozilik bildirgan.

"Topshiriq qonun asosida bo`ladimi, shuni etingda. Parlament huzurida fond bor. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatni qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi jamoat fondi bor. Ularni ham tekshirasizlarmi? Qaysi qonun asosida? Boya ham aytdim. Hisob palatasining vazifasi bitta. Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lardan maqsadli foydalanish. Bundan boshqa narsaga hech qanakqasiga burningizni tiqishga haqqingiz yo`q sizni. Fuqarolik jamiyati, xususiy o`zi tashkil qilishi mumkin. Qachongacha, qonunni bilasizlarmi o`zi? Qaerda gapiryotganingizni biling. Bu er Qonunchilik palatasi. Siz to`g`ringizdagi qonun ham shu erda qabul qilganmiz", — deydi u tutoqib.

    Boshqa yangiliklar