AsosiyJamiyat

Timur Ishmetov: "Nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar 2 mlndan oshdi, biroq ularning ayrimlari ehtiyojmand emas"

'Timur Ishmetov: "Nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar 2 mlndan oshdi, biroq ularning ayrimlari ehtiyojmand emas"'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov ehtiyojmand oilalar soni oxirgi 3 yilda 600 mingdan 2 mlngacha ortganini ma`lum qildi

O`zLiDeP partiyasi fraksiyasi a`zosi Nodir Jumaev tomonidan so`ralgan Moliya vazirligiga taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy himoya siyosati bo`yicha belgilangan vazifalar doirasida 2026 yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to`liq qamrab olinishi yuzasidan o`tgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan u quyidagicha javob berdi.

Ma`lum bo`lishicha, amaliyotda ularning ayrimlari ehtiyojmand emas, yoki aksincha, ehtiyojmand oilalarni qamrab olish etarli bo`lmayapti.

"Bu bo`yicha ishlar o`tgan yildan beri qadamma-qadam amalga oshirib kelinmoqda. 2021 yildan minimal iste`mol xarajatlari me`zoni kiritildi. O`z navbatida, 2022 yildan boshlab yagona ijtimoiy himoya reestriga qabul qilish uchun minimal xarajatlar aholi jon boshiga tushadigan daromadni belgilovchi me`zon sifatida belgilandi. Agar aholi daromadlari ushbu minimal xarajatlardan kam bo`lsa yagona reestrga kiritilishga va davlatdan nafaqa tayinlanishiga sabab bo`ladi", — deydi Moliya vaziri.

Qayd etilishicha, 2026 yilgacha yuqorida aytib o`tilgan qadamlarni yanada rivojlantiriladi. Hokim yordamchilari va ayollar faollari yordamida xonadonma-xonadon yurib, nafaqa olayotganlar haqiqatdan ham kam ta`minlangani yoki yo`qligi borasida qo`shimcha ma`lumotlar yig`ilmoqda. 

"Amaliyotda ko`rinmoqdaki, mezonlarni ayrim hollarda qat`iylashtirishimiz kerak. Biz rasmiy ravishda 20 dan ortiq vazirliklar bazalaridan yig`ilgan ma`lumotlarga asosan, ehtiyojmand deb ko`rilayotgan oilalarning ayrimlari ehtiyojmand emas bo`lib chiqyapti. Yoki aksincha, ehtiyojmand oilalarni qamrab olish etarli bo`lmayapti. Bu bo`yicha ishlashimiz lozim", — deydi Ishmetov .

    Boshqa yangiliklar