AsosiyJamiyat

Bugun kunduz kuni yog`ingarchilik kuzatilmaydi, faqat...

'Bugun kunduz kuni yog`ingarchilik kuzatilmaydi, faqat...'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar