AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" oy oxirida bizni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi

'"O`zgidromet" oy oxirida bizni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

29-30 oktyabr kunlariga respublikaga yana g`arbdan nam havo oqimlari kirib kelishi va ulardan vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

O`zgidromet prognozlariga binoan, 29 oktyabr kuni avvaliga shimoliy viloyatlar so`ngra, respublikaning boshqa viloyatlarida g`arbdan sharqqa tomon harakatlanuvchi nam havo oqimidan yog`inlar kutiladi. 

30 oktyabr kuni shimoliy viloyatlardan tashqari boshqa viloyatlarda yog`ingarchilik saqlanadi.

27-28 oktyabr kunlari esa joylarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko`tarilib, janubiy viloyatlarda harorat maksimumi +22 darajagacha isiydi. 

Shunga qaramay, mazkur kunlari antisiklon ta`sir ostida kechalari harorat sezilarli darajada sovuqroq bo`ladi. Xususan, 27 oktyabr tunda Qoraqalpog`istonning bir nechta tumanlarida harorat minimumi -2 daraja sovuqni tashkil etadi.

Darvoqe, 29 oktyabr kechga borib, Toshkentda 12-14 mmgacha ko`p yog`in kuzatilishi mumkin ekan.

    Boshqa yangiliklar