AsosiyJinoyat

Farg`onada do`kondagi seyf va kassadagi pullarni o`margan o`g`ri ayol kishi bo`lib chiqdi

'Farg`onada  do`kondagi seyf va kassadagi pullarni o`margan o`g`ri ayol kishi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Quvasoy shahar Amir Temur nomidagi mahalla hududida joylashgan do`konda o`g`rilik sodir bo`ldi. Noma`lum shaxs do`konga g`ayriqonuniy ravishda kirib, 35 turdagi, umumiy qiymati 9 million so`mlik telefon apparatlari solingan seyf va kassadagi 100 ming so`m pulni  o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan. 

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni ayol kishi sodir etganligi aniqlangan.

Ayolga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar