AsosiyJamiyat

Endi tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish oson bo`ladi

'Endi tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish oson bo`ladi'ning rasmi

Qonunchilikda belgilangan talablar asosida reestr shakllantiriladi. 

"Reestr asosida yaratiladigan platforma barcha uchun ochiq yagona tizim bo`lishi kutilmoqda", — deydi Adliya vaziri o`rinbosari Alisher Karimov bugun bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.

Bu haqda biz avval AOKAda bo`lib o`tgani haqda xabar bergan Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Tadbirda qatnashgan Darakchi.uz' muxbirining ma`lum qilishicha, reestr bir qator hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Farmonda e`tibor qaratilayotgan muhim jihat shuki, bundan buyon tadbirkorlar qaysi yo`nalishda faoliyat olib boradigan bo`lsa, o`sha faoliyat bo`yicha majburiy talablar reestri shakllantiriladi. Bu asosida yaratiladigan platforma barcha uchun ochiq yagona tizim bo`lishi kutilmoqda.

"Bu juda katta ish bo`ladi. Shu bois jarayonni ikki bosqichda joriy qilamiz", — deydi Adliya vaziri o`rinbosari.

Birinchi bosqich — kelgusi yilda amalga oshiriluvchi jarayon:

Bu ko`plab tadbirkorlar uchun muhim bo`lgan 5 yo`nalishni o`z ichiga oladi.

Ular:

  • Qurilish;
  • savdo;
  • umumiy ovqatlanish;
  • ta`lim;
  • transport.
    Shu yo`nalishdagi qonunchilik talablari o`rganib chiqiladi, tahlil qilinadi va ortiqcha talablarni olib tashlagan holda majburiy ro`yxat shakllantiriladi.

Ikkinchi bosqich — 2024-2025 yillarni qamrab oladi.

Unda yuqorida sanab o`tilgan 5 yo`nalishdan tashqari barcha tadbirkorlik sohalari qamrab olinib, tahlil qilinib, o`rganiladi va ularning yagona reestrga kiritiladi.

Eslatib o`tamiz, reestrning to`liq ishga tushish vaqti 2025 yil 1 iyul etib begilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar