AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Makronning taklifi bilan Fransiyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev Makronning taklifi bilan Fransiyaga boradi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Parijda “Samarqandga yo`l. Ipak va oltin mo``jizalari“ ko`rgazmasi o`tkaziladi.

Mazkur ko`rgazmani ochish hamda Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yig`inida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning etakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarida qatnashish uchun davlat rahbari Fransiyaga jo`nab ketadi.

Davlat rahbari matbuot xizmati axborotiga ko`ra, tashrif jarayonlari joriy yilning 21-22 noyabr kunlari uchun mo`ljallangan.

"Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investisiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta`lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o`rin olgan", — deyiladi ma`lumotda.

Ma`lum qilinishicha, bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning «MEDEF» tadbirkorlar harakati ko`magi bilan tashkil etilgan biznes forum bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar