AsosiyJinoyat

Toshkentda 16 tup qimmatbaho daraxtni kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkentda 16 tup qimmatbaho daraxtni kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkentdagi qurilish ob`ektida 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlanishi oqibatida o`simlik dunyosiga 3,5 milliard so`mdan ortiq zarar etkazilgani xabar berilgan edik

Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, tumandagi «Iltifot» mahallasi hududidagi qurilish ob`ektida daraxtlarning noqonuniy kesilayotgani bo`yicha kelib tushgan ma`lumotga asosan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yashnobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo`limi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`rganish o`tkazilgan.

O`rganishlar davomida qurilish tashkiloti hududi ko`zdan kechirilganda 16 tup turli qimmatbaho bo`lgan daraxtlarning noqonuniy ravishda tag qismidan kesib tashlangani ma`lum bo`lgan.  Ushbu holat bo`yicha «O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida»gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, o`simlik dunyosiga 3 milliard 514 million 200 ming so`m miqdorida zarar etkazilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar