Toshkentdagi qurilish ob`ektida 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlanishi oqibatida o`simlik dunyosiga 3,5 milliard so`mdan ortiq zarar etkazilgani xabar berilgan edi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Yashnobod tumani, Iltifot ko`chasi 29 uy manzilida 105 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlagan "Yangi zamon bino" MChJdan etkazilgan zarar hamda moliyaviy jarima sifatida hisoblangan jami 3 mlrd 514 mln 200 ming so`m miqdoridagi mablag` naqd pul shaklida undirilibdi.
Shuningdek, prokuratura talabi bilan daraxtlar kesib tashlangan ushbu qurilish maydoni o`rnida MChJ tomonidan 200 tup noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib ektirilmoqda.
Ma`lumot uchun: Holat yuzasidan prokuratura tomonidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi hamda boshqa, jumladan ekologiya xodimlariga qarshilik ko`rsatib, kuch ishlatgani bo`yicha JK 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






