AsosiyJinoyat

⚡️ Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori ushlandi

'⚡️ Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, Karmana tuman DSI bosh inspektori A.Z. “S.” MChJ rahbari I.P.ga 10 000 AQSh dollari evaziga ushbu MChJga qarashli kafeda o`tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi bo`yicha moliyaviy jarima qo`llamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishini aytib, 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar