AsosiyJamiyat

Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

'Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni  paytda bo`lib o`tayotgan  Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To`lqunovich nomzodini tavsiya etgan edi.

Deputatlar nomzodning taklif va rejalarini muhokama qilib, o`z fikr-mulohazalarini bildirdi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati. 

So`ng Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo`yilgan. Ovozga qo`yish natijalariga ko`ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.  

Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o`z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko`p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi.  

Yangi hokim bugundan boshlab o`zining o`rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko`rishi lozimligi ta`kidlandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar