Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasiga keldi, deb xabar qildi "zakon.kz"
Ma`lum qilinishicha, bugun, 28 noyabr kuni Moskvada davlat rahbarlarining muzokaralari bo`lib o`tadi.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Qozog`iston va Rossiya o`rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi ishida videokonferesaloqa orqali ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, 20 noyabr kuni Qozog`istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, prezident Toqaev 81,31 foiz ovoz bilan qayta saylangan. 26 noyabr kuni Ostona shahrida Qosim-Jomart Toqaevning Qozog`iston prezidenti lavozimiga kirishish marosimi bo`lib o`tdi.