AsosiyJamiyat

Dauletmurat Tajimuratov va yana 21 nafar sudlanuvchi... Nukusdagi namoyishlar bo`yicha sud o`z ishini boshladi

'Dauletmurat Tajimuratov va yana 21 nafar sudlanuvchi... Nukusdagi namoyishlar bo`yicha sud o`z ishini boshladi'ning rasmi

2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi E. Abibullaev raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko`ra, quyidagi sudlanuvchilar ayblanmoqda:

D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullaev, D. Djiemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebaev, S. Kalilaev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov,  A. Temirxanov va  A. Adilbekov.

Ularga Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan:

-28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari moddasi orqali 104-modda. Qasddan badanga og`ir shikast etkazish;

-104-modda. Qasddan badanga og`ir shikast etkazish;

-159-modda. O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish;

-164-modda. Bosqinchilik;

-167-modda. O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish;

-227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish;

-243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish;

-244-modda. Ommaviy tartibsizliklar;

-244−1-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;

-247-modda. O`qotar qurolni, o`q-dorilarni, o`qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash;

-277-modda. Bezorilik.

Ma`lum qilinishicha, 20 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 1 nafariga "uy qamog`i" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan. 

Eslatib o`tamiz, Qoraqalpog`istondagi namoyishlar chog`ida 245 nafar shaxs, jumladan 38 nafar organ xodimi jarohatlandi, shuningdek, 18 nafar fuqaro vafot etgan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar