AsosiyJamiyat

"Aeroflot" Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yangi aviareyslarni yo`lga qo`ymoqda

'"Aeroflot" Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yangi aviareyslarni yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar qo`yilayotganini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkentga parvozlar 17 dekabrdan boshlab Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqandga esa parvozlar 16 dekabrdan Airbus A319 samolyotlarida haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo`lga qo`yiladi.

"O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarning ochilishi Peterburg aholisi uchun Markaziy Osiyoning eng qiziqarli davlatlaridan biriga sayohat qilish imkoniyatini kengaytiradi", deya qo`shimcha qilinadi xabarda.

Boshqa yangiliklar