AsosiyJamiyat

"Ish beruvchilar uchun signal: bu xafta og`ir bo`ladi"

'"Ish beruvchilar uchun signal: bu xafta og`ir bo`ladi"'ning rasmi

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonda qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa -23 darajani ko`rsatdi. Yakshanba kunidan boshlab esa hududlarda navbat bilan qor yog`ishni boshladi va hamon davomi etmoqda. Jumladan, Toshkentda boshlangan qor bir qancha tizimda muammolarni yuzaga chiqarmoqda: jamoat transportlari kechikishi mumkinligi aytildi, metan "zapravka"lar faolyaiti to`xtatilishi e`lon qilindi. Ko`chalarda esa yaxmalak keltirgan "probka"lar kuzatilmoqda, metan yo`qligi uchun "Yandeks" xizmati ham to`xtailgani aytilmoqda. 

Bugun dushanba, ish kuni boshlanishi bilan poytaxt ana shunday muammolar girdobida qoldi. Holatga faol deputat Rasul Kusherbaev o`z bahosini berib, taklif bilan chiqdi. 

"Jamoat transporti qoniqarsiz ahvolda turgan vaqtda, asosiy yoqilg`i turi sifatida metan gazdan foydalanishga o`tgan transport vositalari soatlab, balki sutkalab gazga navbat kutib qolmoqda. Ayrim haydovchilar bu sovuqda gazdan umidini uzib qo`l siltab ham qo`yishdi: ulargayam sog`liq kerak.  

Bu sharoitda eng ko`p aziyat chekadiganlar bu-jamoat transportida ishga qatnab ishlovchi ishchilar hisoblanadi.  

Jamoat transporti yo`q, bori ham tiqilinch, taksilar narxi oshib ketgan, qatnov kamligi sabab ushbu haftada ko`pchilik ishchilar ishga borishda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelishadi.  

Shu bois, ish beruvchilar, rahbarlar o`z ishchilarining real sharoitidan kelib chiqib ularga ma`lum imtiyozlar berishi shart, deb hisoblayman. Masalan, ularning ishga kech qolib kelishi, kela olmasligi yoki ishdan erta ketishini engib bo`lmas sharoit ta`siridagi holat sifatida baxolab, bu uchun hech qanday jazo berilmasligi kerak.  

Aksincha ishchilarga ayni shunday kunlarda sharoit yaratib, ularni qo`llab-quvvatlash zarur.  

O`ylaymizki, vijdoni bor, ishchilariga g`amxo`r har bir rahbar mana shunday yo`l tutadi.

Nailoj: energetikamizni ahvoli issiq va shoxona sharoitda yashovchi rahbarlar tomonidan ko`zbo`yamachi raqamlar, yashirin kelishuvlar sabab shu darajaga tushirib qo`yilganidan keyin uning jabrini oddiy ishchilar tortadi albatta.

Darvoqe, energetika sohasi faqat Energetika vazirligi tomonidan boshqarilmaydi. E`tirozlarimiz uni ko`zga ko`rinmas boshqarib, botqoqqa botirganlarga", - deya yozib qoldirdi deputat. 

    Boshqa yangiliklar