AsosiyJamiyat

Rossiyada yana urushga migrantlarni jalb qilish uchun katta targ`ibot ishlari boshlangani aytilmoqda (video)

'Rossiyada yana urushga migrantlarni jalb qilish uchun katta targ`ibot ishlari boshlangani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Rossiyada yana urushga migrantlarni jalb qilish uchun katta targ`ibot ishlari boshlangani aytilmoqda.

Metrolarda, o`zbeklar ko`p yuradigan joylarda Rossiya fuqaroligi berilishini aytib, urushga chaqirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada videohavola ham tarqaldi.

 

Shundan so`ng Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi muhim ogohlantirish e`lon qildi. 

Ogohlantirishda Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`ralgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan, deyiladi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar