Sal avval Rossiyada yana urushga migrantlarni jalb qilish uchun katta targ`ibot ishlari boshlangani haqida xabarlar paydo bo`di. Ijtimoiy tarmoqlarda Moskava shahridagi metrolarda, o`zbeklar ko`p yuradigan joylarda Rossiya fuqaroligi berilishini aytib, uru Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada videohavola ham tarqaldi.
"Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma bo`yicha harbiy xizmatga kirganingizda, siz Rossiya Federasiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin", — deya yozilgandi e`londa
Ayni paytda Moskvadagi avtobuslardan o`zbek, qirg`iz va tojik tillarida Rossiya fuqaroligi evaziga armiyada xizmat qilish haqidagi murojaatlar yozilgan e`lonlvr olib tashlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"E`lonlar "Saxarova" migrasiya markazi rahbariyatining iltimosiga binoan MS1, MS2 va MS3 yo`nalishlaridagi avtobuslarda ikki oy muddatga joylashtirilgan. Hozirda xabarlar efirdan olib tashlandi", - Moskvadagi avtobuslar va elektroavtobuslar uchun mas`ul bo`lgan "Mosgortrans" xabarida.
Eslatib o`tamiz, sal avval O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqib, Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`ragan edi.