Biroz avval, Andijonda sodir bo`lgan yong`inda uy egasining uch nafar farzandi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz’ga holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, 22 dekabr kuni soat 18:50 larda fuqaro A.B.ga tegishli bo`lgan Andijon shahri "Dalvarzin" MFYda joylashgan uyning ayvon qismida o`rnatilgan qo`lbola usulda tayyorlangan isitish pechi tabiiy gazga rezina shlang orqali ulanib, yong`in xavfsizligi qoidalari buzilgan holda foydalanilgani natijasida nosozlik paydo bo`lib, yong`in kelib chiqqan.
Oqibatda, yashash uyda bo`lgan A.B.ning farzandlari voyaga etmagan 15 yoshli Sh.Sh. 13 yoshli R.Sh. va 5 yoshli M.Sh. olov ichida qolib, xodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






