Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Maiden Pharmaceuticals farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan to`rt turdagi yo`talga qarshi siropidan foydalanmaslikka chaqirdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu dori vositalari Afrikaning Gambiya davlatida 66 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.
"Biz bolalarda yo`talni davolash uchun dorilar haqida gapiramiz – Prometazinning og`iz eritmasi (Prometazin Oral eritmasi), shuningdek, Kofexmalin, Makoff Baby va Magrip N siroplari. Bu dorilarning barchasi bitta kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi – Maiden Pharmaceuticals, ro`yxatga olingan davlati Hindiston.
“To`rtta dori vositasining har biridan olingan namunalarning laboratoriya tahlillari shuni ko`rsatdiki, ular tarkibida ifloslantiruvchi moddalar bo`lgan dietilen glikol va etilen glikol qabul qilib bo`lmaydigan miqdorda bo`lgan. Bugungi kunga qadar ishlab chiqaruvchi JSSTga ushbu mahsulotlarning xavfsizligi va sifati kafolatini bermagan”, — deyiladi JSST bayonotida.
Ma`lumot uchun, avvalroq O`zbekistonda 15 bolaning o`limiga sabab bo`lgan, buning ortidan yurtimizda va qo`shni Qirg`izistonda sotuvi taqiqlangan “Dok-1 Maks” dorisi ham aynan Hindiston farmkompaniyasida ishlab chiqarilgan.