AsosiyJinoyat

Samarqandda 13 yoshli qizni 2 yil davomida zo`rlab, homilador qilgan erkak 12 yilga qamaldi

'Samarqandda 13 yoshli qizni 2 yil davomida zo`rlab, homilador qilgan erkak 12 yilga qamaldi'ning rasmi

Samarqandda maktab o`quvchisini zo`rlab, homilador qilgan erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga tayanib, UzReport yozmoqda. 

Aniqlanishicha, 2021 yil noyabr oyida Samarqand shahridagi maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz homilador bo`lib qolgan. Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv davomida qizni u bilan bir uyda birga yashab kelayotgan onasining xonadoshi zo`rlagani aniqlangan. Zo`ravonlik qizning 11 yoshidan boshlangan.

Erkakka nisbatan Samarqand shahar sudi tomonidan jazo tayinlangan. Sud hukmi bilan aybdor Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (O`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilgan holda sudlanuvchiga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar