Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi “A” guruhi 3-turida Evropa chempioni Portugaliyaga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o`yinda katta ustunlikka ega bo`lgan portugaliyaliklar yakunda 5:1 hisobida zafar quchishdi. 1 ochko bilan qolib ketgan O`zbekiston termasi pley-off bosqichiga yo`l ola bilmadi.
Eslatib o`tamiz, dastlabki o`yinda vakillarimiz Panamaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kolumbiya bilan o`yinda esa 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.
“A” guruhi, 3-tur
Portugaliya – O`zbekiston 5:1
Gollar: Rikardino (10, 14, 22), Andre (26), Jo (35) - Tojiboev (11)





