Hindiston hukumati "Dok-1 MAKS" dorisini ishlab chiqargan "Marion Biotech" kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan.
Aytilishicha, surishtiruv ishlari Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni lisenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.
Ular O`zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot so`ragan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshlagan va sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi.
Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Qirg`izistonda ham “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.






