1

Peshku tumanida 24 yoshli qiz va 21 yoshli kelinchak o`z joniga qasd qildi

Jinoyat 05.01.2023, 10:37
Peshku tumanida 24 yoshli qiz va 21 yoshli kelinchak o`z joniga qasd qildi

Peshku tumanida ikki nafar ayol o`zini osishi natijasida vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 30 dekabr kuni soat 15:18larda Peshku tumani “Peshku” MFY “Peshku” qishlog`ida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan M.D. yashash uyida sintetik matodan to`qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o`zini osishi natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan D.M.ning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, u muqaddam biron-marotoba o`z joniga suiiqasd qilmaganligini, o`sha kuni uyida bo`lganligini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da`vo e`tirozlari yo`qligini bayon qilgan.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvar kuni soat 07:40larda Peshku tumani “Hurram” MFY Kate qishlog`ida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan R.S. yashash uyi molxonasining shiftida oq rangli sintetik matodan to`qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o`zini osishi natijasida vafot etgan. Marhumning bir nafar bolasi bo`lgan. 

Holat yuzasidan S.R.ning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, u ham muqaddam biron-marotoba o`z joniga suiiqasd qilmaganligini, 31 dekabr yil uyida bo`lganligini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da`vo e`tirozlari yo`qligini bayon qilgan.

Har ikki holat yuzasidan marhumlarning o`limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1