1

Toshkentda mast holda tanishini pichoqlagan nonvoyga nisbatan sud hukmi o`qildi (video)

Jinoyat 06.01.2023, 23:03
Toshkentda mast holda tanishini pichoqlagan nonvoyga nisbatan sud hukmi o`qildi (video)

Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tuman sudida 1987 yilda tug`ilgan sudlanuvchiga oid jinoiy ish ko`rildi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, sudlanuvchi  tasniflanishi jihatidan o`ta og`ir jinoyat, ya`ni “qasddan odam o`ldirishga harakat qilish”da aybdor deb topilgan.

Tungi soat 01:30 larda sudlanuvchi Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan nonvoyxonada bo`la turib, 1990 yilda tug`ilgan fuqaro bilan spirtli ichimliklarni iste`mol qilgan. Mast holatda o`zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan janjal va  1987 yilda tug`ilgan sudlanuvchi 1990 yilda tug`ilgan jabrlanuvchining oshxona pichog`i bilan tanasining turli joylariga jami olti marotaba zarba bergan. Shundan so`ng, o`z jinoiy qilmishini yashirish uchun oshxona pichog`ini nonvoyxona oldida joylashgan qurilish mollari savdo do`koni oldida tashlab yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchi esa olgan tan-jarohatlari bilan nonvoyxonadan chiqib, yon atrofda joylashgan chiqindi yig`ish shoxobchasiga etib borib, xushini yo`qotadi. Shoxobcha ishchisi tomonidan chaqirtirilgan tez tibbiy yordam xodimlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli shifoxonasiga etkazilib, u erda ko`rsatilgan birinchi tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolinadi. Bu bilan sudlanuvchi o`ziga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra, o`z jinoiy niyatini oxiriga etkaza olmagan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra, jabrlanuvchining badanidagi jarohatlari qorin va ko`krak bo`shlig`iga teshib kiruvchi sanchma kesma yarasi, ingichka ichak, yo`g`on ichak, diafragmani yirtilishi, qorin bo`shlig`iga qon quyilishi, o`ng tomonlama o`pkani lat eyishi, gemopnevmotoraksi, o`ng va chap ko`krak qafasi, qorin old, o`ng, chap devori soxasida, o`ng qovurg`a ravog`i sohasida, ko`plab bitayotgan chandig`i ko`rinishida bo`lib, o`tkir sanchuvchi kesuvchi jism (pichoq va shunga o`xshash) ta`sirida kelib chiqqan bo`lishi, muddati qarorda ko`rsatilgan vaqt va voqeylikka to`g`ri kelishi mumkinligi va og`irlik darajasiga ko`ra, xavflilik alomatlariga asosan hayot uchun xavfli bo`lgan OG`IR tan jarohati guruhiga kirishi ko`rsatilgan.
Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi O`zbekiston Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1