Farg`ona aeroportida havo kemalarini qabul qilish/jo`natish bo`yicha cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tuman tarqalgan va ko`rish masofasi yaxshilangan.
UTair aviakompaniyasining Farg`ona-Moskva yo`nalishidagi, bortida 188 yo`lovchisi bo`lgan, UT790 reysi soat 10:36 da biroz kechikish bilan uchdi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasining Toshkent-Farg`ona-Moskva-Farg`ona-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HH11/751/752/753/754/12 reysi o`zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HH11 Toshkentdan uchish 11:00 - Farg`onaga etib kelish soat 12:00
HH751 Farg`onadan 13:30 da jo`naydi
HH752 Farg`onaga 08.01.2023 soat 00:10 da etib keladi
HH753 Farg`onadan jo`nab ketish 08.01.2023 soat 01:40
HH754 Farg`onaga etib kelish 08.01.2023 12:20
HH12 Farg`onadan jo`nab ketish 08.01.2023 13:20.






