Sal avval, Andijon shahar Bog`ishamol dahasidagi Hayvonot bog`ida 3 yanvar kuni ayiq shu Zoopark ishchisiga hujum qilib, uni o`ldirgani xabar qilingan edi.
Andijon IIB xabariga ko`ra, bog`i ishchisi A.G hayvonot bog`ida saqlanayotgan ayiq yovvoyi hayvoniga ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo`yin qismidan tishlab olishi oqibatida og`ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Ayni paytda ayiq ishchiga tashlanib uni o`ldirgani aks etgan video e`lon qilindi. Tasvirlarda ishchi qafasga egulik olib kirgani, ammo chiqib ketishga ulgurmasdan ayiq unga tashlangani aks etgan. Bog`ning boshqa ishchilari marhumni ayiq og`zidan tortib olgani ham tasvirga tushgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayiq g`ajib, halok qilgan ishchining qizi murojaat bilan chiqdi. Unga ko`ra, bu hayvonot bog`idagi birinchi o`lim emas. Avval ham sodir bo`lgan. Bog` ma`muriyati ishchining oilasiga 6 million so`m pul berish bilan kifoyalangan.
Hozircha qizning da`vosiga rasmiy munosabat berilmadi.






