1

DXX katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo`lga oldi (video)

Jinoyat 08.01.2023, 12:45
DXX katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo`lga oldi (video)

DXX tomonidan Navoiy shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro “Kobalt”ida 100.000 so`mlik banknotlardan iborat 221 mln. 100 ming so`m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.


Tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari bo`lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qo`lga olindi. Ulardan jami 139 mln. 800 ming so`m miqdoridagi qalbaki pullar olindi.
Tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 mln. 900 ming so`m bo`lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo`yildi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1