AsosiyJamiyat

Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Prezident Administrasiyasida ish boshlaydi

'Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Prezident Administrasiyasida ish boshlaydi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O`sarov Prezident Administrasiyasiga yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Darakchi.uz manbasi xabar berdi. 

Olimjon O‘sarovning Prezident Administrasiyasida qaysi lavozimni egallashi hozircha noma’lum.

Eslatib o`tamiz, Olimjon o`sarov 2021 yilning 4 iyun sanasida Jurnalistlar uyushmasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

Ma`lumot uchun: O.O`sarov 1973 yil 9 aprelda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida tug`ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.  

Olimjon O`sarov Oliy Majlis Qonunchalik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari, «Nuroniy» gazetasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. 

    Boshqa yangiliklar