AsosiyJinoyat

Surxondaryodagi avtoshohbekatda ommaviy janjal sodir bo`ldi

'Surxondaryodagi avtoshohbekatda ommaviy janjal sodir bo`ldi'ning rasmi

Uzun tumanida mijoz talashgan shaxslar bezorilik jinoyatini sodir qilishdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 5 yanvar kuni shu tumanda yashovchilar, R.Shamsiddin (ism-shariflar shartli ravishda o`zgartirilgan), N.Zayniddin, E.Elomon, S.Sharif, S.Sharofiddin, S.Ibodullo va boshqalar bir guruhga birlashib, “O`zbekiston” mahallasi hududida joylashgan “Avtoshohbekat”da qo`llariga turli xildagi tosh va tayoqlar olishib, Uzun tumanida yashovchi fuqarolar, K.Kamol, E.Eshmat, K.Kamron, M.Mansur, R.Rustam va B.Bahromlar bilan mijoz talashishi oqibatida o`zaro janjallashib qolishadi va bir-birlarini duch kelgan joylariga urib tan jarohati etkazishgan.  

Holat yuzasidan  R.Shamsiddin, N.Zayniddin, E.Elomon, S.Sharif, S.Sharofiddin, S.Ibodullo, K.Kamol, R.Rustam va B.Bahromlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 


 

    Boshqa yangiliklar