2023 yil 7 yanvar kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining bir guruh faxriylari ishtirokida “Vatanni himoya qilish – muqaddas burch” mavzusida davra suhbatibo`lib o`tdi.
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlandi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O`zbekiston xalqiga yo`llagan Murojaatnomasida Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga alohida e`tibor qaratilgani ta`kidlandi. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, eng bebaho oliy ne`mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga etishimiz, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug` boylikni asrab-avaylashimiz lozim.
Shu maqsadda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko`proq ahamiyat berishimiz kerak. Yosh avlodimizni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz.
Prezidentimizning 2022 yil 14 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” farmoyishi asosida, yurtimiz bo`ylab “Milliy armiyamiz – Yangi O`zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy, madaniy tadbirlar o`tkazilmoqda.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining Faxriylar kengashi faollari bilan Milliy markazda bo`lib o`tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Davra suhbati yakunida mehmonlarga bayram sovg`alari taqdim etildi.