AsosiyJamiyat

Samarqanddagi OTMda va Andijondagi maktablarda darslar boshlanishi mumkin

'Samarqanddagi OTMda va Andijondagi maktablarda darslar boshlanishi mumkin'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ertaga, 11 yanvardan barcha maktablar va oliy va o`rta maxsus ta`lim dargohlarida o`qish boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Sal avval "darakchi.uz" shov-shuvlarga oydinlik kiritish maqsadida rasmiylar bilan bog`lanib, har bir hudud hokimligi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, darslar boshlanish sanasini o`zi hal qilishi haqida xabar qilgan edi. Ayni paytda Andijon viloyati hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat e`lon qildi. 

"Yurtimizda joriy yil yanvar oyining ikkinchi o`n kunligida havo haroratining keskin pasayib ketishi munosabati bilan Andijon viloyatdagi oliy ta`lim, professional ta`lim muassasalari va umumiy o`rta ta`lim maktablarida belgilangan tartibda ish tashkil etilib, qishki tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.  

Jumladan, mavjud binolar va talabalar turar joylari o`quv jarayonlarini boshlash uchun shay holatga keltirildi.  

Mazkur ta`lim muassasalarida o`quv jarayonlarini boshlanishi ob-havo sharoitidan kelib chiqib tashkil etiladi. Qo`shimcha ma`lumot sifatida rasmiy xabar beriladi", deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Samarqand viloyatida ob-havoning mo``tadil bo`lishini hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi "Ta`lim to`g`risida"gi Qonunining 27-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimyati organlarining ta`lim sohasidagi vakolatlariga muvofiq, Samarqand viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o`quv mashg`ulotlari 2023 yil 11 yanvardan an`anaviy tarzda boshlanishini ma`lum qildi.

Boshqa viloyatlardan keladigan talabalar istisno tarzda onlayn o`qish grafigi bo`yicha tyutorlarga murojaat qilishlari so`raladi.

 

    Boshqa yangiliklar