Toshkentda xonadon egasi mehmonini shisha idish bilan urib o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 10.01.2023, 16:09
Toshkentda xonadon egasi mehmonini shisha idish bilan urib o`ldirib qo`ydi

Toshkentda xonadon egasi mehmonini shisha idish bilan urib o`ldirib qo`ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Vojea 7 yanvar kuni soat 11:00 larda Shayxontohur tumani Tinchlik mahallasi G.Uzoqov ko`chasidagi xonadonda sodir bo`lgan. 38 yoshli S.R. va tanishi 38 yoshli K.A.lar birgalikda “Rojdestvo” bayramini nishonlashmoqchi bo`lishgan. Shu maqsadida spirtli ichimliklar sotib olishib, S.R.ning xonadonida ularni ichishib, o`zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolishadi. 

Shu payt xonadon egasi S.R. tanishining boshiga qo`lida bo`lgan shisha idish bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati etkazgan. Natijada K.A. tez-tibbiy yordam kelguniga qadar “bosh chap tomon chakka sohasi tan jarohati” bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, S.R. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o`rganilganda, shu kuni gumon qilinuvchining uyiga mehmonga kelgan tanishi, uning turmush o`rtog`i to`g`risida aytgan gaplaridan jahli chiqib, o`zining qo`lida bo`lgan shisha idish bilan K.A.ning bosh chakka qismiga urganligi aniqlangan.

Tergov davom etmoqda.

Ta`kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1