Sirdaryodagi chegara bojxona postida Qozog`istondan O`zbekistonga noqonuniy to`pponcha olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Jinoyat 11.01.2023, 17:26
Sirdaryodagi chegara bojxona postida Qozog`istondan O`zbekistonga noqonuniy to`pponcha olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postida Qozog`istondan O`zbekiston Respublikasiga kirayotgan fuqaro o`zi bilan noqonuniy qurol olib kirishga uringani aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, fuqaro Z.Sh. ga tegishli bo`lgan qo`l yuklari postdagi mavjud rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilgan. 

Fuqaroning yuklari orasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasi bilan deklarasiyalanmagan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, uning yuklari orasida 1 dona pnevmatik to`pponcha, 8 dona gaz balloni va 1010 dona metall sharikli o`qlar borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1