AsosiyJinoyat

Bir necha hududda tadbirkorlar mulkini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi

'Bir necha hududda tadbirkorlar mulkini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.S.” MChJ va “E.I.” MChJlarning ombor mudiri F.R. ushbu korxonaga tegishli 215,1 mln so`mlik xo`jalik mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, xuddi shu kabi holat, Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “C-T.” MChJ savdo menejeri A.T. 49 nafar fuqaroning sayyohlik yo`llanmasi uchun to`langan 207,2 mln so`m naqd pulni kirim qilmasdan o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari departamentning Quvasoy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.K.” MChJning Uychi tumani filiali rahbari U.X. va kassiri O.A. korxonaning maishiy texnika mahsulotlarini sotuvidan tushgan 109,4 mln so`mni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar